Hurmatli mehmonlar!
Siz so‘radingiz — biz amalga oshirdik!
Toshkent teleminorasi ish vaqtini uzaytirdi! Endi siz shahar manzaralaridan yanada uzoqroq zavqlanishingiz mumkin.
Mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, endilikda biz 1 maydan har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ochiqmiz.
Sizni Toshkentning betakror manzaralari, o‘ziga xos muhit va yodingizda uzoq saqlanib qoladigan lahzalar kutmoqda.
Toshkent teleminorasi sizni kutmoqda!
Orqaga