Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

“Toshkent teleminorasi bolalar nigohida”

Ba’zan bolalarning tasavvuri kattalarnikidan ham kengroq bo‘ladi.

🎨 Bu shunchaki rasm emas.

Bu – e’tirof etilish, sovg‘a olish va katta loyihaning bir qismiga aylanish imkoniyati.

 

🎁 Nega ishtirok etish kerak

 

• 100 nafar bola g‘olib bo‘lib, sovg‘alarga ega bo‘ladi

• har bir ishtirokchi e’tiborsiz qolmaydi

• eng yaxshi ishlar keng auditoriyaga taqdim etiladi

 

🎨 Ishtirokchilar nima oladi

 

G‘oliblar:

• yumshoq o‘yinchoqlar

• brendli nishonlar

• Toshkent teleminoraga 2 kishilik taklifnoma

 

Har bir ishtirokchi:

• brendli nishon

• 2 kishilik taklifnoma

 

✍️ Qanday ishtirok etish mumkin

 

Atigi 3 oddiy qadam:

 

• Toshkent teleminorani chizing (A4 format, qo‘lda)

• Ishingizni Instagram’ga joylang

• @rrtm_uz sahifasini belgilang va #TeleminoraBolalar2026 xeshtegini qo‘shing

 

Va aksiya posti ostida “Ishtirok etyapman” deb kommentariya qoldiring.

 

📅 Muddatlar

 

• 1–15-may (soat 12:00 gacha) – ishlarni qabul qilish

• 16-may – ishtirokchilar ro‘yxati

• 16–20-may – ovoz berish (layk va kommentlar)

• 26-may – g‘oliblarni e’lon qilish

• 1–2-iyun – sovrinlarni topshirish

 

⚠️ Muhim

 

• 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ota-onalar roziligi bilan) ishtirok etadi

• har bir ishtirokchi – faqat 1 ta ish

• tanlov davomida profil ochiq bo‘lishi shart

 

🎯 Kechiktirmang

 

Farzandingizga o‘zini namoyon qilish imkonini bugunoq bering.

Ba’zan aynan shunday oddiy qadamlar ijodga bo‘lgan katta qiziqishning boshlanishi bo‘ladi.

 

📌 Ishtirok etishning batafsil shartlari

To‘liq qoidalar sahifaning pastki qismida joylashtirilgan.
Aksiya o‘tkazish qoidalari



Orqaga