Yuqori quvvatli RTSlarda profilaktika ishlari
“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJ tasarrufidagi yuqori quvvatli radiotelevideniye stansiyalarida raqamli teleradio uzatkichlar va sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida profilaktika ishlari amalga oshirildi.
2026-yil 15-oktabrdan 29-oktabrgacha Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan yuqori quvvatli radiotelevideniye stansiyalarida profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida tegishli texnik ishlar bajarildi.
Mazkur tadbirlar teleradio uzatkichlar va sun’iy yo‘ldosh qurilmalarining texnik holatini nazorat qilish, televideniye va radioeshittirish signallarining sifatli uzatilishini ta’minlash hamda teleradioeshittirish tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
“RRTM” MChJ tomonidan teleradio uzatish uskunalarining texnik holatini nazorat qilish va teleradioeshittirish xizmatlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Orqaga