To'lov usullari
To‘lov usullari
UZDIGITAL TV xizmatlariga ulanish uchun to‘lovni ALOQABANK kassalarida naqd pulda, shuningdek, plastik kartalar orqali amalga oshirish mumkin.
Abonent to‘lovini quyidagi usullarda amalga oshirish mumkin:
To‘lovlarni qabul qilish tizimlari orqali: Paynet, Click, Zoomrad, Uzum, Payme, Anorbank, Xazna, Ipoteka Retail.
"Ipak Yo‘li" bankining bosh bo‘limida, filiallari va ekspress-markazlarida
ALOQABANKning bosh bo‘limi va filiallarida
"Ipoteka-Bank"ning bosh bo‘limi va filiallarida
"O‘zbekiston pochtasi" bo‘limlarida
Yuridik shaxslar uchun:
Xizmatlar uchun to‘lov Abonentning hisob raqamidan Shartnomaning «To‘lov shartlari» yoki «Xizmatlar narxi va to‘lov tartibi» bo‘limlarida ko‘rsatilgan hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Korporativ plastik karta mavjud bo‘lganda, xizmatlar uchun to‘lov «ALOQA BANK» AK kassasi orqali, to‘lov kvitansiyasini taqdim etish bilan amalga oshiriladi, ushbu kvitansiyani yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘yicha abonent bo‘limidan oldindan olish zarur.
Dastlabki to‘lov Abonent tomonidan Shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kuni ichida 100% oldindan to‘lov sifatida to‘lanadi.
• Bir martalik to‘lovlar Abonent tomonidan Shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kuni ichida 100% oldindan to‘lov sifatida to‘lanadi.
• Oylik to‘lovlar joriy oyning 25-sanasidan kechiktirmay 100% avans to‘lovi tarzida to‘lanadi.
• Qo‘shimcha xizmatlar va/yoki ishlar, shuningdek, ortiqcha sarflangan sarf materiallari uchun to‘lov ular olingan kundan boshlab 5 bank kuni ichida yoki Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan pul mablag‘larini yechib olish orqali amalga oshiriladi.
To‘lov uchun hisobvaraq, hisobvaraq-faktura yoki Taqqoslash dalolatnomasini quyidagi usullar bilan buyurtma qilish mumkin:
1. Bosh ofisda
2. Faks orqali
3. Elektron pochta orqali
4. Qayta aloqa shakli orqali
Budjet tashkilotlari uchun:
Shartnoma bo‘yicha xizmatlar 15% oldindan to‘lov sharti bilan taqdim etiladi. Summaning qolgan 85 foizi taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarga muvofiq 5 bank kuni ichida to‘lanadi.
Diqqat!
To‘lovlarni qabul qilish tizimi orqali to‘lovni amalga oshirishda xatolik yuz bersa va ushbu mablag‘lar boshqa shaxsning ID (shaxsiy hisob raqami) ga noto‘g‘ri o‘tkazilsa, pul mablag‘larini shaxsiy hisob raqamingizga o‘tkazish uchun kompaniya ofisiga murojaat qilishingiz kerak.
Kompaniyamiz ofislaridan biriga murojaat qilganingizda, quyidagilarni taqdim etishingiz lozim:
· abonent shartnomasi;
· abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
· ushbu to‘lovni tasdiqlovchi chek yoki kvitansiya.
Pul mablag‘larini o‘tkazish faqat noto‘g‘ri to‘lov amalga oshirilgan oyda, shuningdek, agar pul mablag‘lari noto‘g‘ri to‘lov amalga oshirilgan shaxsiy hisobvaraqdan hali yechib olinmagan bo‘lsa, amalga oshiriladi.