Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

Уважаемые абоненты!

Oʻzbekiston Respublikasi aholisi uchun televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli uzatishni ta’minlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJ tomonidan texnik qurilmalarda yillik rejalarda belgilangan muddatlarda muntazam ravishda profilaktika ishlari olib boriladi.

Navbatdagi profilaktika ishlarini joriy yilning 15–27-oktabr kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha vaqt oralig‘ida hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazish rejalashtirilgan.

 

15-oktabr kuni Respublika miqyosida, shuningdek 16–21-oktabr kunlari har bir hududda navbatma-navbat, viloyatlarda faqat bir kun soat 01:00 dan 06:00 gacha nodavlat va xorijiy telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda, 27-oktabr kuni esa sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida jadval asosida profilaktika ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Profilaktika ishlari o‘tkaziladigan sana va vaqtni ilovadagi (profilaktika-jadvali) orqali bilib olishingiz mumkin.

 

Profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.

 

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.



Orqaga