1299000
image image image image image image image image image image image image image
image
Посредством какой рекламы Вы
узнали о компании UZDIGITAL TV?

Savollar va javoblar

1. Raqamli televideniye xizmatlariga ulanish uchun nima qilish kerak? 

Ulanish uchun kompaniyaning abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga murojaat qilish kerak. Yoki kompaniyarasmiy distribyutorlari bilan shartnoma tuzish orqali ham ulanish mumkin.

 

2. Bugungi kunda UZDIGITAL TV ga ulanishning bahosi qancha? Ulanish narxini arzonlashtirish rejalashtirilmoqdami?

Ulanishning bahosi asosan raqamli qabul qiluvchi uskunaga bog‘liq bo‘lib, uning arzonlashtirilishi ustida uzluksiz ish olib borilmoqda. Hozirda ichki DVB-T/T2 tyunerga ega zamonaviy televizorga ega bo‘lgan mijozlarni ham ulash imkoniyati mavjud. Bunday abonentlar kompaniyamiz ofislaridan biriga murojaat qilib, o‘z televizor modeliga xos TeleCARD maxsus qurilmasini harid qilishlari darkor. 

 

3. Oylik abonent to‘lovi qancha? 

Oylik Abonent to‘lovi tanlangan telekanallar paketiga muvofiq tarzda bo‘ladi. Hozirgi kunda, Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati hududida 4 ta telekanallar paketiga ulanish mumkin. Qolhan viloyatlarda uchta “Ekonom +”, “Standart” va “Miks” telekanallar paketiga ulanish mumkin.

“Ekonom plus”: 10 ta kanal – abonent to‘lovi 10 000 so‘m;

“Standart”: 14 ta kanal – abonent to‘lovi Jismoniy shaxslar uchun 12 000 so‘m,Yuridik shaxslar uchun 16 000 so‘m;

“Miks”: 32 ta kanal – abonent to‘lovi Jismoniy shaxslar uchun 18 000 so‘m, Yuridik shaxslar uchun 21 500 so‘m. 

“Miks T2”: 45 ta kanal - abonent to'lovi Jismoniy shaxslar uchun 18 500 so'm, Yuridik shaxslar uchun 22 000 so'm.

 

4. Raqamli televideniyega ulanish uchun antenna kerakmi? 

Raqamli televideniyega ulanish uchun DMT diapazonli antenna kerak bo‘lib, uni kompaniya ofislari yoxud rasmiy Distribyutordan harid qilishingiz mumkin. Kompaniya o‘z DMT diapazonli antennasiga ega abonentlarni ham xizmatlarga ulashi mumkin.

 

5. Ulanish qancha vaqt ichida amalga oshiriladi? 

Abonent shartnomasiga muvofiq, Provayder abonentni to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 5 kun ichida xizmatlarga ulaydi, lekin odatda xizmatlarga ulanish bir necha ish kunlari mobaynida amalga oshiriladi.

 

6. Shartnoma imzolamasdan qurilma harid qilib xizmatlardan foydalanish mumkinmi?

Yo‘q, qurilma hariq qilish va xizmatlardan foydalanish faqatgina abonent shartnomasi orqali amalga oshirib, bunda abonent to‘lovi hisoblab boriladi. Abonent shartnomasi imzolamay turib faqatgina bepul, kodlanmagan telekanallarni tomosha qilish mumkin.

 

7. Shartnoma bekor qilinganda boshlang‘ich to‘lovlar qaytariladimi?

Yo‘q, abonent to‘lovining faqatgina xizmatlardan foydalanmagan qismi qaytariladi. Abonent shartnomasini bekor qilish uchun kompaniya ofislaridan biriga yozma ravishda Ariza berish zarur. Qurilma qaytarilgan holda, pul mablag’lari 20 bank kunida qaytariladi

 

8. Kompaniyangizda bir xonadonga bir necha nuqtalarni ulaganda chegirmalar e‘tiborga olinganmi?

Ha, albatta. Bir manzilgoxda joylashgan bir nechta nuqtalarni ulashda “Miks” va “Miks-T2” tarif rejasiga chegirmalar taqdim etiladi. Bunda ikkinchi ulanish nuqtasi uchun Abonent to`loviga 20% chegirma, uchinchi va undan keyingi ulanish nuqtasi uchun abonent to`loviga 30% chegirma taqdim etiladi. (brinchi ulanish nuqtasi aktiv hold abo`lishi zarur)

 

 

9. Yuridik shaxslar Jismoniy shaxslar uchun abonent to‘lovini to‘lashlari mumkinmi?

Ha, kompaniyaning abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida rasmiylashtirilgan kafolatchining kafillik shartnomasi bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

 

10. Ikkinchi nuqtaning ulanishi qanday amalga oshiriladi?

Ikkinchi nuqtaning ulanishi kompaniya ofislaridan birida amaldagi asosiy shartnomaga qo‘shimcha shartnoma rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

 

11. Kompaniyangiz xizmatlaridan foydalanishda maxsus dasturlar, aksiya va rag‘batlantirishlar mavjudmi?

Bizning kompaniyamizda turli xildagi aksiya va reklama tadbirlari tez-tez o‘tkazib turiladi. Bizning reklamalarni shahar bo‘ylab (tashqi konstruksiyalar), matbuotda (gazeta, jurnallar), internet (mashhur saytlar)da, radio va televideniye orqali ko‘rishingiz mumkin. Bizning yangiliklarni kuzatib boring va aksiyalarda faol ishtirok eting! 

Bundan tashqari, abonent to`loviga oldindan to`lov amalga oshirilganda chegirmalar taqdim etiladi:

-   3 oyga oldindan to`lov amalga oshirilganda – 10%

-   6 oyga oldindan to`lov amalga oshirilganda – 15%

- 12 oyga oldindan to`lov amalga oshirilganda – 20%

* chegirmalar faqat jismoniy shaxslar uchun, “Ekonom plus”, “Standart”, “Miks” va “Miks T2” telekanallar paketi uchun taqdim etiladi.

* chegirmalar hizmat aktiv bo`lgan holda keying oyning ` sanasidan kuchga kiradi.

Shuningdek, kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun “Do`stingni olib kel” bonusli xizmati ham mavjud. “UZDIGITAL TV” xizmatlariga ulanishni uchun do`stingizni olib keeling va 1 oy bepul tomosha qilish imkoniyatiga ega bo`ling.

 

12. Menda ichki tyunerga ega zamonaviy televizor bor. UZDIGITAL TV raqamli televideniyeni tomosha qilishim uchun qanday uskuna harid qilishim zarur?

Sizning televizoringizga raqamli qabul qiluvchi – tyuner ham, maxsus qurilma – TeleCARD ham to‘g‘ri keladi. TeleCARD qurilmasining ustuvorligi ortiqcha kabellarning yo‘qligi va o‘rnatishning qulayligida. Ta’kidlash joizki, TeleCARD hamma turdagi ichki tyunerga ega zamonaviy televizorlarga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Saytimizning “Uskunalar” bo‘limida TeleCARD bilan ishlay oladigan televizor modellari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin. 

 

13. TeleCARDni O‘zbekiston viloyatlarida ishlatish mumkinmi?

Ayni damda Respublikamiz barcha viloyatlarida TeleCARD yoki tyuner harid qilib pullik raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish mumkin

 

14. Xizmat xolati va hisobdagi mablag` haqida ma`lumotni qanday olish mumkin?

Hisobingizdagi mablag` va xizmat holati haqidagi ma`lumotni shaxsiy kabinet, mobil ilova, telegram bot orqali, shuningdek, abonentlarni texnik qo`llab-quvvatlash markazi (+998 78) 129 9000 yoki 1065 raqami orqali ma`lumot olishingiz mumkin.